Skip to content

Latest commit

 

History

History
123 lines (85 loc) · 3.35 KB

README.md

File metadata and controls

123 lines (85 loc) · 3.35 KB

Dockerni Ubuntu 20.04 ga o'rnatish tutorial

Docker - bu konteynerlarni boshqarish tizimi hisoblanadi. Biz ularni qanday o'rnatish bo'yicha yo'riqnomani ko'rib chiqamiz.

Qadam 1 - Docker o'rnatish

Avval, Ubuntudagi barcha paketlarni yangilab oling.

sudo apt-get update

Keyinchalik, HTTPS orqali paketlardan foydalanishga imkon beradigan bir nechta shartli paketlarni o'rnating:

sudo apt install apt-transport-https ca-certificates curl software-properties-common

Keyin tizimingizga rasmiy Docker ombori uchun GPG kalitini qo'shing:

curl -fsSL https://download.docker.com/linux/ubuntu/gpg | sudo apt-key add -

Docker omborini APT manbalariga qo'shing:

sudo add-apt-repository "deb [arch=amd64] https://download.docker.com/linux/ubuntu $(lsb_release -cs) stable"

Bu shuningdek bizning paketlar ma'lumotlar bazasini yangi qo'shilgan repodan Docker paketlari bilan yangilaydi. Standart Ubuntu repo o'rniga Docker repo-dan o'rnatmoqchi ekanligingizga ishonch hosil qiling:

apt-cache policy docker-ce

Sizdagi versiya boshqacha bo'lsada lekin natija quyidagicha chiqishi kerak.

 docker-ce:
  Installed: (none)
  Candidate: 5:19.03.9~3-0~ubuntu-focal
  Version table:
     5:19.03.9~3-0~ubuntu-focal 500
        500 https://download.docker.com/linux/ubuntu focal/stable amd64 Packages

Hali docker-ce o'rnatilmagan lekin o'rnatish uchun tayyor holatda.

####Oxirgi qism. Dockerni o'rnatamiz.

sudo apt install docker-ce

Docker o'rnatildi ishlayotganini tekshiramiz:

sudo systemctl status docker

Chiqish quyidagiga o'xshash bo'lishi kerak, bu xizmat faol va ishlayotganligini ko'rsatadi:

● docker.service - Docker Application Container Engine
     Loaded: loaded (/lib/systemd/system/docker.service; enabled; vendor preset: enabled)
     Active: active (running) since Tue 2020-05-19 17:00:41 UTC; 17s ago
TriggeredBy: ● docker.socket
       Docs: https://docs.docker.com
   Main PID: 24321 (dockerd)
      Tasks: 8
     Memory: 46.4M
     CGroup: /system.slice/docker.service
             └─ 24321 /usr/bin/dockerd -H fd:// --containerd=/run/containerd/containerd.sock

2-qadam - Docker buyrug'ini sudosiz bajarish (ixtiyoriy)

Siz yuqoridagi buyruqlarni ishga tushirganingizda, docker o'rnatiladi sudo docker ... sifatida ishlata olasiz, lekin sudo yozish har doim ham yoqimli bo'lmasligi mumkin. Siz sudosiz ishga tushirmoqchi bo'lsangiz, quyidagi xatoga duch kelasiz.

docker: Cannot connect to the Docker daemon. Is the docker daemon running on this host?.
See 'docker run --help'.

Bu xatoni tuzatishingiz uchun quyidagi qadamlarni bajarishni unutmang! (dockerni sudo guruhiga qo'shamiz)

sudo usermod -aG docker ${USER}

Yangi guruh aʼzoligini qoʻllash uchun serverdan chiqing va qayta kiring yoki quyidagilarni yozing:

su - ${USER}

Davom etish uchun sizdan foydalanuvchi parolini kiritish talab qilinadi.

Sizning foydalanuvchi docker guruhiga qo'shilganligini tasdiqlang:

groups

Agar siz docker guruhiga tizimga kirmagan foydalanuvchini qo'shishingiz kerak bo'lsa, ushbu foydalanuvchi nomini aniq qilib e'lon qiling:

sudo usermod -aG docker 'username'